Mamlakatimizning ertangi kuni, farovonligi yoshlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, yoshlarning bilim va kasb egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.

 Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori Sadoqat Siddiqova hamda yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

 Ushbu ochiq muloqotda yoshlar tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.