Buxoro muhandislik-texnologiya institutida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2024-2025 o‘quv yilida institut jamoasi oldida turgan asosiy vazifalar muhokama etildi.

  Jumladan, 2024/2025 o‘quv yilida institutda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni va ish rejalarini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha institutda amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa masalalar tahlil qilindi.

 Shuningdek yig'ilishda professor, dotsent ilmiy unvonini olgan izlanuvchilarning diplomlari tantanali ravishda topshirildi.