Buxoro muhandislik-texnologiya institutida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda pedagog xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish, institutning moddiy-texnik ta'minoti va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari, ta'lim sifatini oshirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek ushbu yo‘nalishlarda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yakunda kengash yig‘ilishidagi masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:
-Mas’ullar va xodimlarni ortiqcha ishlardan ozod qilish maqsadida muammolarni hal qilish jarayonlarini raqamlashtirishga o’tkazish eng to’g’ri yo’l hisoblanadi. Institutda kelgusida yuqori tezlikdagi internet va mutaxassislar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, IT-markaz faoliyatini yo’lga qo’yish, raqamlashtirish sohasini yanada kengaytirish choralari ko’riladi.