Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bitiruvchi magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut mas'ullari, bitiruvchi talabalar hamda  ularning ota-onalari ishtirok etdi.

  Tadbirni institut rektori Sadoqat Siddiqova kirish so’zi bilan ochib berdi:

 -Qadrli bitiruvchilar ! Har bir ota-ona farzandini salohiyatli, yurtiga nafi tegadigan  komil inson bo'lishini orzu qiladi. Bugun sharaf bilan aytish mumkinki, sizlar ushbu orzu-umidni ro'yobga chiqardingiz. Men o'ylaymanki, bu dargohda olgan tarbiya, bilim va ilmingiz kelajakda sizni maqsadlaringiz sari olg'a boshlaydi. Ilm yo'lini davom ettirib, buyuk ajdodlarimizga mos davomchilar bo'lishingizga tilakdoshman. Barchangizga omad va zafarlar tilayman!

 Tadbir davomida magistrlar va ularning ota-onalari so'zga chiqib, oliygohdagi ustozlarga minnatdorchilik bildirishdi. Magistrlik darajasi ham sharaf ham mas'uliyat ekanini ta'kidlashdi.

P.S: Ushbu o'quv yilida 11 ta mutaxassislik bo‘yicha 20 nafar magistrlar dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, Magistr bo‘lishdi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi barcha magistrlarni tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!