Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Vazirning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi

   Buxoro muhandislik-texnologiya institutining faollar zalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda institutda amalga oshirayotgan yuksak islohotlari, ta’lim sifatini ta’minlash, raqamlashtirish sohasiga berayotgan alohida e’tibori, institutda xorijiy, ilmiy-innovatsion, ilmiy-amaliy loyihalar, tijoratlashtirish jarayonini  samarali yo‘lga qo‘ygani, xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun institut rektori Sadoqat Siddiqova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi!

Institut jamoasi Sadoqat Siddiqovani ushbu e’tirof bilan tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!