Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni qo’llab-quvvatlash hamda ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova hamda mas’ullari G'ijduvon tumanida joylashgan "PARVOZ XUMO RAVNAQ TRANS" MCHJ to'qimachilik korxonasida bo’lishdi.

  Korxona taʼsischisi, senator Nurmuhamed Аchilov bilan bo’lib o’tgan suhbatda To'qimachilik va charm sanoati kafedrasining filialini tashkil qilish va bu bo’yicha olib boriladigan tashkiliy chora-tadbirlar haqida fikr alamashildi.

  Filial tashkil etiladigan joyni talabalar uchun qulayligi, yaratilgan shart-sharoitlar ko’zdan kechirilib, dual ta’lim davomida malakali kadrlar tayyorlash tizimini hankorlikda va izchillikda amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.