Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 2024/2025 oʻquv yilining ilk kuniga bagʻishlangan “Bir boʻlsak — yagona xalqimiz, birlashsak — Vatanmiz” shiori ostida Talabalarni kutib olish tadbiri boʻlib oʻtdi.

  Tadbirda dastlab, institut prorektori Doniyor G’afurov 1-bosqich talabalarni "talabalik maqomi" bilan tabriklab, kelgusi o'qish va ishlarida omad tiladi. Tadbir davomida 2023-2024 o'quv yilida jamoat ishlarida faol ishtirok etgan ustozlar Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

  Shuningdek, tadbirda san’atkorlar tomonidan kuy va qo’shiqlar kuylanib, faol talabalar, o'qituvchilar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.