Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Paxta va yengil sanoat texnologiyalari fakulteti mas'ullari tomonidan  “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari doirasida birinchi bosqich talabalarini institut tartib-qoidalari bilan  tanishtirish ishlari olib borilmoqda.

  Talabalar darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida institut kutubxonasida o‘quv va badiiy adabiyotlardan foydalanishlari, shuningdek sport zalda o‘zlari qiziqqan sport turi bilan shug‘ullanishlari haqida ma'lumotga ega bo‘lishmoqda.