“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida institut xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasi  tomonidan korxonada ishlovchi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga maktab o‘quv qurollari va anjomlari tarqatildi.

  Uchrashuv davomida mas’ullar yangi o‘quv yili oldidan 25 nafar bolajonlarga kelgusida a’lo baholarga o‘qib, orzularidagi kasb sohibi bo‘lib ulg‘ayishlarida omad tiladi.