Xabaringiz bor, Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo'lib o'tayotgan "5 tashabbus olimpiadasi" musobaqalarining Stritbol sport turi qizg'in davom etdi. Bugun ushbu sport turining yarim final va final bahslari bo’lib o’tdi.

  Unda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Shuhrat Otaxonov, viloyat hokimi o’rinbosari Mirali Hamroyev mehmon bo’ldi.

  Tashrif buyurgan mehmonlar bellashuvlar davomida mamlakatimiz talaba-yoshlarining shijoat va g’ayratiga guvox bo’lishdi. So’ngra mas’ullar hamda rektor Sadoqat Siddiqova tomonidan institutda yangi tashkil etilgan “Sportchilar bog’i” ga yaxshi niyatda daraxtlar ekildi.