1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bu tadbirda institut xodimlari, professor o’qituvchilari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Dastlab Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Azamat Naimov so’zga chiqib, ustozlarni tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etdilar.
Tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 6 nafar o’qituvchisi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi:
Tadbir davomida kuy va qo’shiqlar kuylandi. Ko’tarinki kayfiyat va shodlik barchaga hamroh bo’ldi. Shuningdek dastur davomida faol professor o’qituvchilarimiz tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Ezgu niyatlar tilangan holda, ustozlarga hurmat-ehtirom bilan bayram-tadbiri o’z nihoyasiga yetdi.