Aziz vatandoshlar! Muhtaram do‘stlar!

   Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

 Shunday qutlug‘ damda barchangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman. Mustaqil Vatanimizning taraqqiyoti, gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo‘lsin!

  Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin! Bayramingiz qutlug‘ kelsin azizlar!

Hurmat bilan, 
Sadoqat Siddiqova  
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori