Ayni damda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri  Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Qatar davlatida xizmat safarida bo’lib turibdi. Unda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etmoqda.
    Tashrifning birinchi kunida delegatsiya Xamad bin Xalifa universiteti (HBKU) prezidenti doktor Axmad M. Hasnah bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. 
   Uchrashuv davomida asosiy e’tibor turizm, sun’iy intellekt va neft-gaz sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. 
   Neft-gaz sanoatida ikki davlat ilmiy markazlari va universitetlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish rejalashtirildi. Hamkorlik doirasida neft-gaz sohasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Xamad bin Xalifa universiteti bilan hamkorlik o‘rnatib, qo‘shma loyihalarda ishtirok etishi kutilmoqda.