Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Arxitektura” kafedrasi tayanch doktoranti Murodjon Djurayev Turkiya davlatining Istanbul shahridagi Aydin universiteti va YUNESKOning oʻqituvchilar tajribasini boyitish boʻyicha “IAU YUNESKO yozgi tinchlik va diplomatiya” dasturi boʻyicha malaka oshirdi.

Malaka oshirish davomida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Istanbul Aydin universiteti bilan memorandum hamkorlik shartlariga asosan ikkala oliy ta'lim muassasasi imzolagan "Mustahkam do'stlik taraqqiyot garovidir" ramziy hujjatini almashishdi.

  Shuningdek, Murodjon Djurayev malaka oshirishni muvafaqqiyatli tamomlab sertifikatga ham ega bo'ldi.

 Murodjon Djurayevni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz!