Erasmus+ dasturining “610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA: Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo'yicha o'quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish/ Establishment of training and research centres and Courses development on Intelligent Big Data Analysis in CA” loyihasiga doirasida 2021 yil 2 noyabrdan 12 noyabrgacha Ispaniya davlatining Santiago de Compostela shahrida tashkil etilgan o’quv-treningda Buxoro muhandislik texnologiya institutidan 3 nafar professor o’qituvchi Fayoz Xalilov, Azizjon Xojiyev, Muhammad Mizomov ishtirok etishdi.
Quyidagi dastur rejasi orqali trening tashkil etildi:
Programming for Data Analysis | Ma'lumotlarni tahlil qilish uchun dasturlash |
Introduction to Big Data | Katta ma'lumotlarga kirish |
Text Data Management and Analysis: Big Text Data | Matnli ma'lumotlarini boshqarish va tahlil qilish: Katta matnli ma'lumotlar |
Introduction to containerization with Docker | Docker yordamida konteynerlashtirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar |
Computing infrastructures for Big Data Analytics | Katta ma'lumotlarni tahlil qilish uchun hisoblash markazlari infratuzilmasi |
Big Data Technologies | Katta hajmli ma'lumotlar texnologiyalari |
Internet of Things | Internet buyumlari |
Ushbu ma’lumotlarni tinglovchilarga yetkazishda yaqindan yordam bergan professor-o’qituvchilar:
Francisco Pena Brage
David Losada
Marcos Fernandesh-Pichel va boshqalar.
Mashg‘ulotlarning samarali va mazmunli o‘tishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz.
Trening yakunida har bir tinglovchiga sertifikatlar topshirildi