Ariza yubormaganlar shoshiling! Bugundan 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga () ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: https://lex.uz/uz/docs/-6568679