OLIYGOHNI YUKSAK MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MASKANIGA AYLANTIRAMIZ!

Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan katta e’tibor barcha yoshlarni kelajakga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda desak adashmagan bo‘lamiz. Har bir sohada yoshlarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularni faoliyat yuritishi uchun yoki ta’lim olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xususan, yurtboshimiz
tomonlaridan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus shular jumlasidandir. Shunday maqsadda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish  va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus!” tadbirlari olib borildi.
2021-yilning 20-aprel kunida Mexanika va arxitektura-qurilish fakulteti jamoasi tomonidan oliygohning 1-talabalar turar joyi bog‘ida bo‘lib o‘tgan
ma’naviy, ma’rifiy va iste’dodli yoshlar ijodiga boy bo‘lgan musiyqiy kecha yoshlarning musiqa (qo‘shiq, raqs), rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. Tadbirda iste’dodli yoshlar tomonidan aytilgan kuy va qo‘shiqlar, she’rlar musiqiy asboblarda chalingan kuylar yoshlarning ma’naviy xordiq olishiga sabab bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Talalabal turar joyida sport bilan shug‘ullanish uchun sport jixozlari bilan jixozlangan sport tugaraklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalar turar joyida istimoqat qiluvchi talbalar va boshqa bir guruh sportni futbol turiga qiziquvchi talabalar bilan birga fakultet kubogi tashkil etildi. Yoshlar kata qiziqish bilan ishtirok etgan bu sport musboqasi yoshlarni ham jismonan, ham manan chiniqishiga olib keladi.
G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va do‘stona munosabatlar ruhida o‘tgan sport musobaqalari “Temurbeklar” jamoasini g‘alabasi bilan yakun topdi. Tadbir yakunida Mexanika va arxitektura-qurilish fakulteti rahbariyati tomonidan g‘olib jamoa estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Yoshlarni doimiy shunday tadbirlarda faol ishtirok etishini so‘rab yoshlarga kuch quvvat tilagan fakultet YoBIB dekan o‘rinbosari Sh. Temirov tadbirni yakunlab berdi.