OILA BOLA SHAXSINI TO’G’RI YO’LGA SOLUVCHI MUXIM OMILDIR

Bolani jismoniy tarbiyalash, ularga axloq va mexnat tarbiyasini berish oilada shakillanadi. Oilada ota – ona bilan bolalar, aka – ukalar bilan opa – singillar o’rtasida axillik bo’lsa oilada bir birini hurmat qilishsa, kattalar kichiklarga g’amxo’rlik qilib tursalar bunday oilalarda bolalarni tarbiyalash ancha muvaffaqiyatli kechadi. Bizning mamlakatimizda bola tarbiyasida ta’lim maskani bilan oilaning maqsadi bitta.
Ta’lim muassasasi ham bolani to’g’ri yo’lga solishga undaydi. Razovuddin ibn Faxriddining “Oila” nomli risolasida bola taribiyasi yomon niyat va qo’pollik bilan emas balki sabr toqat, matonat, mexribonlik, chidamlilik, shavkatu sezgirlik bilan olib borilishi kerak” – deb ta’kidlagan edi. O’tmishdagi mutaffakir, marifatparvar allomalarimiz sog’lom farzandlarini hayotga keltirishda shariat qonun – qoidlariga rioya qilishni, savob va gunohning farqiga borishni, aqli solih farzand bo’lishdagi bosh maqsad deb hisoblaganlar.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat” fakulteti dekan muovini X.Quvvatov va “Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi assistenti F.Bozorova 310-20 YeST guruhida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan muloqot o’tkazdilar. Xamidova Kumushoy va Ikromov Ozodning onalari farzandlarining davomati, o’zlashtirish ko’rsatkichlari va odob-axloqi haqida ma’lumot olish maqsadida guruh murabbiysi va dekan muoviniga uchrashib, institut bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’ydilar.
Ta’kidlash joyizki, har bir ota – ona farzandi oldidagi burchini bajarishi shart. Bu burch Konstitutsiyamizning 64-moddasida shunday belgilab qo’yilgan “Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”.