“Neftni qayta ishlash texnologiyasi” kаfеdrаsi

 

Kafedra mudiri:Alimov A’zam Anvarovich

Ilmiy dаrаjаsi va unvoni: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Tеl. rаqаmlаri: + 998(97) 445-19-00

Qаbul vаqti: hаr kun sоаt 1500-1600

E-mail: aaanvarovich@gmail.com

 

 

 

 


2019 yil 10 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tasdiqlangan Buxoro muxandislik–texnologiya institutining yangi tuzilmasiga binoan  “Neftni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilingan.

  5321400- Neft –gazkimyo sanoati texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrani pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent A.A.Alimov boshqarib kelmoqda.   Kafedrada asosiy va ichki o‘rindoshlik asosida 18 nafar professor – o‘qituvchi, shulardan 1ta fan doktori-professor, 2 ta fan doktori (Ds), 1 ta fan doktori (PhD), 1 ta fan nomzodi-dotsent, 1 ta fan nomzodi-katta o‘qituvchi, 7 ta assistent, 5 ta o‘qituvchi-stajyor faoliyat yuritib, ilmiy saloxiyat 52% tashkil etadi.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan so‘ngi ikki yilda 3 nafar fan doktori (DSc), 1 nafar fan nomzodi (PhD) ilmiy ishlari ximoya qilindi,  hammualiflikda  5ta o‘quv qo‘llanma,  6 ta  monografiya, 15 ta fandan elektron darslik (DGU), xalqaro (impak faktorli) jurnallarda 20 ta, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 35 ta va 5 ta maqola Scopus bazasida chop etildi.  Kafedrada 5 ta doktorant va 6 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy didaktik vosita va jihozlarni hamda o‘qitishning ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalari, xorijiy ta’lim tajribalaridan foydalanib dars o‘tishga erishilmoqda. O‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarida talabalar fanlar bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini, magistrlar va doktorantlar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishlari uchun asbob-uskunlar va reagentlar, xomashyo namunalari mavjud. Har bir fanning tajriba mashg‘uloti uslubiy-metodik ko‘rsatmasi ishlab chiqilgan.

Talabalar uchun tashkil etilgan  “Neftchi” to‘garaklarda  o‘qituvchilar interfaol pedagogik usullar yordamida dars mashg‘ulotlarini tashkil etmoqdalar hamda innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari o‘quv jarayoniga qo‘llanilmoqda.

  Kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” loyihasidagi 80 ming AQSh dollari qiymatidagi xalqaro grant “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Shu xalqaro grant asosida ilmiy – tadqiqot ishlari uchun zamonaviy laboratoriya qurilmalari olib kelingan. Kafedraga biriktirilgan fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar Neftgaztadqiqot AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bevosita olib borilmoqda. Soha korxonalari vakillari ta’lim jarayonida ishtirok etishmoqda.

Kafedra professor o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot natijalari hamda ishlab chiqilgan takliflar asosida 23 million 40 ming so‘m qiymatidagi  “Gazanalizator” laboratoriya qurilmasi jahon bankining AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” loyihasi hisobidan moliyalashtirilgan. Shuningdek, bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘yicha virtual laboratoriya, bosma adabiyotlar va dasturiy ta’minot olib kelinishi hisobiga o‘quv jarayoni sifatini va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

5321400- Neft –gazkimyo sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi  bo‘yicha  Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Neftgaztadqiqot AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro neft bazasi MChJ, Buxoro viloyati hududiy gazta’minoti filyali, Sho‘rtan gazkimyo majmuasi MJCh bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib,  ilmiy faoliyat va ishlab chiqarishni integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kafedraga biriktirilgan fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Neftgaztadqiqot AJ laboratoriyalarida bevosita olib borilmoqda. Soha korxonalari vakillari ta’lim jarayonida ishtirok etishmoqda.