NAZARIY BILIMLAR AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANMOQDA

Kogon shaharidagi “Kogonyog’ ekstraktsiya zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati  hamda Buxoro muxandislik-texnologiya institutining “Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va jihozlari” kafedrasi o`rtasida ta`lim va fan sohasidagi hamkorlik yuzasidagi shartnomaga asosan, kafedra dosenti K.X. Gafurov va katta o’qituvchi  N.Z. Sharipov 5321000 – “Oziq-ovqat texnologiyasi”  bakalavr ta’lim yonalishi 108-19 OOYo gurihi talabalariga “Oziq-ovqat injiniringi jarayonlari va qurilmalari” fanidan  mashg’ulotlarini korxonaga olib bordilar.Quyida “Kogonyog’ ekstraktsiya zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati  tarixi va olib borilgan mashg`ulotlardan lavhalar keltirilgan.
«Kogon yog ekstraktsiya zavodi» OAJ tarixi
Kogon shaxrida yog zavodi qurilishi XIX asr oxirlarida boshlanib,1910 yilda ishga tushirilgan. O’sha vaqtlarda zavodda 6 ta gidravlik press,2 ta val stanok, mag’izni sheluxadan ajratadigan 4 ta stanok, 18 ta linter va 8 ta jin mashinasi ishlatilgan.
1915 yilda xususiy tadbirkor zavodda rahbarlik qilib, sutkasida 5-7 tonna paxta yog’i ishlab chiqarilgan va bu mahsulotning asosiy qismi Rossiyaga jo’natilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi ancha kamayganligi sababli yangi ilg’or texnalogiyalarni qo’llagan holda zavodni qayta texnik jihozlash masalasi quyilgan.
1956 yilda «Gidropress» sexi ta`mirlangan bo’lib uning natijasida zavodning ishlab chiqarish quvvati oldingi yillarga nisbatan 1,5 barobarga oshgan. 1968 yida rafinatsiya sexi, 1971 yilda ekstraktsiya sexi, 1972 yilda shrot ombori qurilib ishga tushirilgan.
1983 yilda press uskunalari bo’yicha zavodda 3 ta sinov jumladan G-24 markali press sinovi ham o’tkazilgan. G-24 pressi sinovining Kogon yog’ zavodida muvaffaqiyatli o’tkazilgandan so’ng bu tipdagi presslar O’zbekiston zavodida ishlatila boshladi.
1989 yilda zavodda barcha uskunalar kapital ta`mirlandi va 11 ming tonna paxta chigiti saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan ombor qurilib topshirildi. 2014 yilda  karusel ektraktsiya sexi ishga tushirildi.
1994 yilda Kogon yog’ ekstraktsiya zavodi qayta ro’yxatdan o’tkazilib «Kogon yog’ ekstrktsiya» ochiq aktsiyadorlik maqomini oldi va shu yilning o’zida xo’jalik sovuni ishlab chiqarish bo’yicha sexning sozlash va ishga tushirish (puskonaladka) bo’yicha ishlar yakunlandi.
Zavodda o`tkazilgan mashg`ulotdan lavhalar