“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi

 

 

“Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent O’rinov Nasillo Fayzilloyevich

1980 yil 1 sentyabrda “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 1981 – yil kafedra birinchi marta “Mashinasozlik” mutaxassisligi bo’yicha 38 nafar muhandis – muallim tayyorlab chiqardi. 1981–2021 yillarda “Mashinasozlik” yo’nalishi bo’yicha 2000 nafardan ortiq bakalavr va magistrlar muhandis–mexanik va muhandis-muallim mutaxassislari o’qishni muvaffaqiyatli tamomladi hamda, Respublikamiz va Hamdo’stlik mamlakatlari xalq xo’jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilmoqdalar.

 


 

 

Xalqaro hamkorlik aloqalari

2018 yilda “Stankin” Moskva davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik memorandumi va ish reja tasdiqlangan. Memorandumga asosan talabalar, magistrlar, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan. 2019-2020 va 2020-2021 o’quv yilida 6 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha ikki tomonlama diplom berish dasturi asosida qabul amalga oshirildi. 2018-2021 yillarda kafedraning 18 nafar professor-o’qituvchi va doktorantlari “Stankin” Moskva davlat texnologiya universitetida ilmiy stajirovka, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o’tadilar.

Kafedraga tegishli laboratoriya xonalari

Kafedraga tegishli bo’lgan o’quv auditoriyalar soni 6 ta, laboratoriya xonalari soni 3 ta, o’quv ustaxonasi 1 ta. 2017-2018 o’quv yilida Germaniyaning “Gunt” firmasidan “Mashina detallari” va “Gidravlika” fanlaridan zamonaviy laboratoriya jihozlari olindi.