YANA BIR ILMIY KADR YETISHIB CHIQISHI YO’LIDAGI QADAM

2021 yil 9 iyun kuni soat 14:00 da Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 3-o’quv binosi majlislar xonasida “Neft-gaz ishi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi B.R. Rahimovning 02.00.11.-Kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi bo’yicha “Yuqori qatronli neftlar qovushqoqligini pasaytiruvchi tabiiy sirt-faol moddalar olish texnologiyasi” mavzusidagi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasining institut ilmiy-texnikaviy kengashi huzuridagi ilmiy seminarda muhokamasi bo’lib o’tdi
.
Seminarda ilmiy seminar a’zolari, “Neft-gaz ishi”, “Neftni qayta ishlash texnologiyasi” va “Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedralarining professor-o’qituvchilari, doktorantlar ishtirok etishdi.
Seminar muhokamasida talabgorning taqdimoti tinglandi, savol-javob, bahs-munozara, ichki va tashqi taqrizchilarning fikrlari eshitildi. B.R. Rahimovga ishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va institut salohiyatini ko’tarish uchun yetakchi olimlarimizning tegishli tavsiyalari berildi.
Ilmiy seminarning ijobiy xulosasi asosidagi qaror bilan B.R. Rahimovning dissertatsiya ishi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengashga taqdim etildi.
B.R. Rahimovning ushbu kengashda o’z dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilishini tilagan holda yaqin kunlarda institutimizga yana bir ilmiy salohiyatli kadr qo’shilishiga umid qilib qolamiz.
Neft-gaz ishi kafedrasi mudiri Q.Q. Sharipov,
katta o’qituvchi M.O. Sattorov,
206-18 NGT guruhi talabasi M.S. Savriyev