Koronavirus davom etmoqda

Bugungi kunga kelib butun dunyoni larzaga solagan ,ko`plab insonlarning umriga zavol bo`lgan koronavirus infektsiyasi yanada avj oldi. JSST xabariga ko `ra  hozirda aniqlangan “hindcha “ shamp  “asl” koronavirusdan  ikki karra yuqumliroq bo`lib, barchamizni yanada e`tiborli  bo`lishimizga undaydi.  O’zbekistonda 2021- yilgi antirecord o`rnatildi- bir kunda 546 kishida kassallik belgilari aniqlandi…
    Bu kasallikni imkoni boricha tarqalib ketmasli uchun  barcha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan :BuxMTI da ishi –xodimlar bepul  koronavirusga qarshi test topshirishdi. Bu albatta fuqarolarning sog`ligiga qaratilgan e`tibordir. Davlatimiz tomonidan 2021- yil 28- iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi.  O’ylaymanki, biz agar karantin qoidalariga amal qilsak, bu kasallikni yengamiz. Barchangizni niqobda va  masofa saqlagan holda , o`zimiz va yaqinlarimiz sog`ligiga e`tiborli  bo`lishga chaqiraman.
“O’zbek va rus tili” kafedrasi o’qituvchisi Izzatullayeva Gavhar