Kun.uz telegram sahifasida «Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 4 mlrd so`mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi» mavzusidagi chiqishga nisbatan RASMIY MUNOSABAT (Qo`shma ta`lim dasturi bo`yicha)

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari xorijdagi hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma ta’lim jarayonlarini tashkil etishmoqda. Jumladan, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ham Rossiya Federadsiyasining “СТАНКИН” Moskva davlat texnologiya universiteti, Qozon federal universiteti, Belgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti, Belorus oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar davlat universiteti, Belorus milliy texnika universitetlari, Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlik memorandumlari asosida qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish amalga oshirilmoqda.
Birinchidan, institut bilan qo’shma ta’lim dasturlari tashkil qilish bo’yicha tuzilgan memorandum va shartnomalarning barchasi nufuzli xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi. Qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil qilishning asosiy talabi shundan iboratki, o’qish har ikkala hamkor ta’lim muassasasida amalga oshirilishi shart. Masalan, 4 yillik ta’lim dasturi doirasida 2+2 sxemasida, ya’ni 2 yil milliy oliy ta’lim muassasasida, 2 yil xorijiy ta’lim muassasasida. Yana bir muhim jihati, qo’shma ta’lim dasturlari bitiruvchilariga har ikkala oliy ta’lim muassasasining diplomi taqdim etiladi. SHuning uchun qo’shma ta’lim dasturlarida talabalarni qabul qilish jarayoniga xorijiy ta’lim muassasalari ham bevosita ishtirok etib, o’z nufuzlariga putur etkazishi mumkin bo’lgan “qabuldagi qing’irliklar”ga yo’l qo’ymasligini anglash qiyin emas.
Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qaroriga muvofiq, institutda  qo’shma ta’lim dasturlariga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda — O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari o’tkaziladi. Ikkinchi bosqichda – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelishilgan muddatlarda qo’shma ta’lim dasturida taьlim olib boriladigan chet tilidan (bizning misolda rus tili) kirish imtihoni o’tkaziladi. Bunda, birinchi bosqichda kirish imtihonlarida to’plash mumkin bo’lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to’plagan abiturientlar ikkinchi bosqichda Davlat test markazi (DTM) tomonidan o’tkaziladigan imtihon (rus tili)da ishtirok etib, kirish imtihonida to’plash mumkin bo’lgan maksimal balning 30 foizini to’plagan abiturientlar qo’shma ta’lim dasturlari asosida qabul parametrlaridan kelib chiqib, o’qishga qabul qilinadi.
Barcha qabul qilingan abiturientlar DTM tomonidan o’tkazilgan testda ishtirok etib, rus tilidan tegishli ballarni to’plagan va DTM tomonidan berilgan 2-shaklda qayd etilgan.
Turdosh ta’lim yo’nalishlari o’quv rejalaridagi fanlar xususiyatidan kelib chiqqan holda 1- va 2- kursda tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar o’qitilishini nazarda tutib optimallashtirilgan guruhlar shakllantirilgan. I va III kursda umumkasbiy va mutaxassislik fanlari o’qitilishi talabalarning tanlagan hamkor OTM va ta’lim yo’nalishida o’qishini davom ettirishi belgilangan. Talabalarning hujjatlari institutdagi guruhiga ko’ra emas, balki II kursni tugatganidan so’ng tegishli ta’lim yo’nalishi bo’yicha hamkor oliy ta’lim muassasasiga taqdim etiladi.
“Kun.uz” maqolasida keltirilgan 2021-2022 o’quv yilining qabulida ikkinchi bosqich test sinovlarida ishtirok etgan “19 nafar abiturientning ikkinchi bosqich bo’yicha test sinovlarida ishtirok etishlari uchun tanlagan ta’lim yo’nalishlari va o’qishga qabul qilishda buyruq bilan belgilangan ta’lim yo’nalishlari bir-biriga mos kelmasligi” deb ko’rsatilayotgan ma’lumot faktlardan xolidir.
Institutda qo’shma ta’lim dasturlari (qo’shma ta’lim dasturlari deb aytiladi, ta’lim dasturlari emas) asosida qabul qilingan 19 nafar abiturientlarning ayrimlari tanlagan yo’nalishlarida kam sonli talabalar kirganligi sababli, talabalarning o’z arizalariga muvofiq, hamda hamkor xorijiy OTM bilan kelishgan holda tegishli turdosh yo’nalishlarga o’qishga qabul qilingan.
Besh nafar “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi bo’yicha Davlat test markazi viloyat bo’limi orqali respublika DTMga xat va abiturientlar ro’yxati bilan murojaat etilganda, ta’lim yo’nalishlari alohida ko’rsatilgan, shuningdek, onlayn hujjat topshirgan (onlayn) havolada ham yo’nalishlar abiturientlar tomonidan qayd etilgan. Lekin, DTMning tasdiqlangan 2-shakldagi javob ballarida mutaxassislik nomi “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) sirtqi qayd etilgan, biroq bu mutaxassislikda “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha), hamda “Dasturiy injiniring” ta’lim yo’nalishiga topshirgan abiturientlarning topshirgan ballari qayd etilgan.
Qabul buyrug’ida 5 nafar abiturient “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)” ta’lim yo’nalishiga to’g’ri rasmiylashtirilgan.
SHuningdek, Qozon federal universiteti bilan hamkorlik shartnomasi asosida tashkil etilgan “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha test sinovida ishtirok etgan abiturient bir o’zi “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo’nalishiga test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, o’qishga kirgan. Abiturient o’z arizasiga hamda hamkor xorijiy OTM bilan kelishgan holda “Dasturiy injiniring”ga o’qishga qabul qilingan.
Belgorod davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, “Investicion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish” va “Menejment” ta’lim yo’nalishlari tashkil etilgan. Ushbu yo’nalishlar “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasida bo’lib, bir-biriga turdosh ta’lim yo’nalishlari hisoblanadi. “Investicion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishidagi 7 nafar, “Menejment” ta’lim yo’nalishida 5 nafar talabadan 9 nafari to’lov kontraktni amalga oshirganligi I-II kursda tabiiy va gumanitar fanlar o’qitilishini nazarda tutgan holda fanlar yuklamasidan kelib chiqib bitta guruhga biriktirilgan. III kursdan boshlab talabalar o’qishni Belgorod davlat universitetida “Investicion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishlarida davom ettiradi.
Moskva “Stankin” davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (mashinasozlik)” va “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” turdosh ta’lim yo’nalishlari tashkil etilgan. Xuddi shunday yuqoridagi ta’lim yo’nalishlarida I-II kursda tabiiy va gumanitar fanlar o’qitiladi. III kursdan hamkor OTM Moskva “Stankin” davlat texnologiya universitetiga o’qishini davom ettirishda test sinovlarida ishtirok etgan 4 nafar “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (mashinasozlik)” ta’lim yo’nalishiga o’z arizalariga hamda hamkor xorijiy OTM bilan kelishgan holda o’qishini “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” ta’lim yo’nalishida davom ettiradi.
SHu o’rinda “Kun.uz” va boshqa jurnalistik tuzilmalardan jahon ta’lim va fan makonida yuksalib borayotgan, milliy oliy ta’lim muassasalari reytingida 50-o’rindan 28 pog’anaga ko’tarilib, 22-o’rinni egallashga erishgan, oldingi yillarda davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o’ta olmay, 2021 yili 96% natija bilan attestasiyadan muvaffaqiyatli o’tgan va yanada yuksak yutuqlarni mo’ljallayotgan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi ruhiyatiga salbiy ta`sir ko’rsatmasliklarini so’raymiz!