Kimyo kafedrasi

 

 

 

 

Kafedra mudiri t.f.n.,dots. Axmedov Vohid Nizomovich

tel:(90)511-59-58

e-mailvoxid7@mail.ru

 

 

 


Kimyo kafedrasi 2019 yil 10 iyuldan «Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi» fakulьteti tarkibida oldingi «Tabiiy fanlar» kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada hozirda kimyo, analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, umumiy va noorganik kimyo va qurilish kimyosi fanlari oʼqitiladi.

Ushbu fanlar quyidagi laboratoriya va amaliy xonalar: 3 ta laboratoriya xonasi, 4 ta amaliyot xonasi va birta maʼruza xonasi zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi. Kafedrada ikkita Wi-Fi zonasi tashkil etilgan. Kafedra pedagog xodimlari pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham faol shugʼullanmoqdalar. Kafedraga tegishli 527 ilmiy laboratoriya zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan boʼlib, unda Davlat ilmiy texnik doiralari asosida PZ-2017090419 raqamli “Elementorganik polimerlar asosida shoʼrga chidamli gidrofob qurilish kompozitsiyalari uchun tarkib yaratish va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy grant (rahbar t.f.n., dotsent V.N.Аxmedov. 2018-2020 yy. 2018 yil 100 mln soʼm, 2019 yil 167 mln. Soʼm.), 2020 yilda esa 220,34 mln sum. 2021 yilda “Uztransgaz” АJ bilan 1 mlrd soʼmlik shartnoma imzolandi va shartnoma doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Oʼquv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy oʼquv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda adabiyotlar yaratish borasida samarali faoliyat olib borilmoqda. Pedagog xodimlar tomonidan 3 ta darslik, 26 ta elektron darslik, 5 ta oʼquv qoʼllanma, 4 ta monografiya va 35 ga yaqin maʼruzalar matni, amaliy mashgʼulotlar, tajriba mashgʼulotlarini hamda mustaqil ishlar bajarish boʼyicha uslubiy koʼrsatmalari Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi grifi asosida chop etilgan. V.N.Аxmedov Volgograd tibbiyot universiteti professori, k.f.d. Аnatoliy Kuzmich Brel bilan hamkorlikda 2 ta oʼquv qoʼllanma 1 ta elektron darslik, Saratov Davlat universiteti professori Yuliya Аleksandrovna Kadikova bilan hamkorlikda 3 ta elektron darslik yaratdi.

Taʼlim sifatini yaxshilash borasidagi ilgʼor xorijiy tajribalarni oʼrganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida dunyo tan olgan Janubiy Qozigʼiston davlat universitetida “Organik kimyo” fanidan maʼruza oʼqib qaytdi. Shuningdek, Qozogʼiston, Tojikiston respublikasida oʼtkazilgan halqaro ilmmiy amaliy konferentsiyalarda oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Jumladan, Qozogʼistondagi “GREEN TECHNOLOGIES” nomli halqaro forumda oʼz rahbarligida 2 nafar talaba bilan ishtirok etib, olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari doirasidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar toʼgʼrisida maʼlumot.

 

Tadqiqotchining F.I.Sh

Yoʼnalish shifri

Ilmiy rahbari

DS-fan doktori

1.

Аxmedov Voxid Nizomovich

02.00.14 organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

T.f.d., prof. Kadirov T.J

PhD-falsafa doktori

2.

Raxmatov Marat Salimovich

02.00.14 organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

K.f.d, prof. S.Nurmonov

3.

Raximov Feruz Fazliddinovich

02.00.14 organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

T.f.n.,dots Аxmedov V.N

4.

Bekov Ulugʼbek Safarovich

02.00.14 organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

T.f.n.,dots Haydarov А.А

5.

Jumaev Jabbor Hamroqulovich

02.00.14 organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

T.f.n.,dots Аxmedov V.N

6.

Olimov Bobir Baxodirovich

02.00.14 organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

T.f.n.,dots Аxmedov V.N


Kafedra haqida