Joriy yilning 28-30-may kunlari Buxoro shahrida XIX an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival ilk kuni ishtirokchilar va xorijiy va mahalliy mehmonlarning «Ark» qo‘rg‘onidan «Labi hovuz» majmuasigacha bo‘lgan masofada tantanali yurishlaridan boshlanib, «Labi hovuz» majmuasida festivalning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi.
Mazkur festival doirasida qadimiy toqlar yonida folklor jamoalar chiqishlari, «Nodir Devonbegi» madrasasi, «Timi Abdullaxon», «Toqi Sarrofon», «Toqi Telpakfurushon» va «Toqi Zargaron» majmualarida zardo‘zlik, kandakorlik, temirchilik, ipak gilamlari, kashtado‘zlik, kandakorlik, badiiy va miniatyura san’ati borasidagi mahorat darslari namoyishlari, «Dolon» va «Haqiqat» maydonlari, «Poyi kalon» majmuasidan «Ark» qo‘rg‘onigacha bo‘lgan hududda esa ipak va shoyi mahsulotlari, milliy va xorijiy hunarmandlar ishlari va turli ziravorlar savdosi ko‘rgazmasi, Bolalar raqs festivali, «Mirzo Ulug‘bek» madrasasi hududida «Palov sayli» milliy taomlar tanlovi, Tasviriy va amaliy san’at milliy galereyasi va suratkashlar ko‘rgazmasi, «Ark» qo‘rg‘onida milliy sport o‘yinlari namoyishi, «Ko‘kaldosh» madrasasi hududida mahalliy va xorijiy dizaynerlar ishtirokida « Silk end spices fashion days» maxsus modalar namoyishi, illyuziya tomoshalari va gala-konsert namoyishi, «Poyi kalon» majmuasida O‘zbek milliy simfonik orkestrining konsert dasturi, «After Party» BBS mualliflik qoʻshma modalar va illyuziya tomoshalari namoyishi, «Maqom oqshomi»
So‘nggi kun yakunida esa «Ark» qo‘rg‘oni yonida 3D mapping namoyishi hamda festivalning yopilish marosimiga bag‘ishlangan gala-konsert bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.