Joriy yilning 21 may kuni BMTI “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musaeva J.K. Buxoro shahrining 23-o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabdagi o‘quvchi yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari, kelajakda qanday maqsadlari borligi bilan tanishib, ularning qiziqishlarini o‘rgandi

Joriy yilning 21 may kuni BMTI “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musaeva J.K. Buxoro shahrining 23-o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabdagi o‘quvchi yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari, kelajakda qanday maqsadlari borligi bilan tanishib, ularning qiziqishlarini o‘rgandi. 9- sinf rahbari Muxammedova Mo‘tabar katta o‘qitvchi J.K. Musaevaning shu maktabda a’lo baholarda o‘qib, imtiyozli asosda bitta imtihondan “5% baho olib oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirganli va hozirda BMTI katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelayotganligini aytdi. Musaeva J.K. o‘quvchi yoshlarga hozirdan a’lo baholarda o‘qishlari lozimligini va bugungi kunda ham iqtidorli yoshlarimiz Davlatimiz tomonidan qo‘llab quvvatlanib, yaxshi natijalarga erishgan va a’lo baholarda o‘qigan o‘quvchilarimiz imtiyozli grant asosda oliyta’lim muassasalariga kirish baxtiga muyassar bo‘lishlari haqida tushuntirib berdi. Shuningdek, yoshlikda olingan ilm, toshga uyilgan naqsh kabi ekanligini izohlab berdi. O‘quvchi yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishiga da’vat etdi va kelajakda bu juda zarur ekanligini tushuntirdi. Yoshlar orasida olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolarni o‘rganib chiqdi hamda Yoshlar Davlat Dasturiga oid chora tadbirlarning mazmun mohiyatini yoritib berdi. O‘quvchilar bilan qizg‘in muloqot olib borildi.