Joriy yilning 20 may kuni BMTI “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musaeva J.K. Buxoro shahrining “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalladagi olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolarni o‘rganib chiqdi.

Joriy yilning 20 may kuni BMTI “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musaeva J.K. Buxoro shahrining “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalladagi olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolarni o‘rganib chiqdi. Davlatimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor berilayotganligini va Buxoro shahrida “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash markazi tashkil etilganligi bilan tanishtirdi. Yoshlar Davlat Dasturiga oid chora tadbirlarning mazmun mohiyati yoritib berildi.
Shuningdek, Musaeva J.K. BMTI “Menejment” huzurida. “Buxgalter” va  “Iqtisodchi” kasblariga o‘qitish Markazining tashkil etilganligini va “Yoshlik” mahallasidagi ayollar va yoshlarimiz ushbu Markazda kasb o‘rganishlari uchun taklif qilindi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari, sanoat korxonalari, xizmatlar sohasida mutaxassislarni kasbga tayyorlash, yoshlarning bilimini oshirish “Buxgalter” va “Iqtisodchi” kasblariga o‘qitish Markazi faoliyatining maqsadi ekanligi tushuntirildi.