“Jismoniy madaniyat” kafedrasi

“Jismoniy madaniyat” kafedrasi avvalgi Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti xozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tarkibida 1978 yilda tashkil topgan. Kafedraga 1978-1989 y.y.  Rajabov Xamro Nazarovich, 1989-2009 y.y. Xayitov Juma Negmatovich, 2009-2018 y.y. Raximov Maxmud Shodmonovich raxbarlik kilgan.

      Hozirgi kunda  kafedrada p.f.f.d., dotsent Sadullaev Baxodir Baxtiyorovich raxbarlik kilmokda.

      Kafedrada sportning barcha turlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Sport inshootlarimiz zamon talablariga javob beradi.     Sport zalda barcha sharoitlar mavjud bo‘lib dars o‘tish uchun zamonaviy qulayliklarga egadir.   Kafedraning moddiy-texnika ba’zasi yaxshilangan.

     O‘tgan davr mobaynida kafedrada kuyida nomlari keltirilgan sport ustozlari faoliyat olib borganlar: Basketbol buyicha sport ustasi Borisyuk E.P., Kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Xoliqov H.M, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi, 2017 yil Xalqaro “Oltin hushtak” sovrini sohibi G‘ulomov T.G‘., O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi, Dzyu-do bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Saidov R.R., Yengil atletika bo‘yicha Respublika va  “Universiada” chempioni, sport ustasi Tashpulatov F.A., “Qo‘l tupi” bo‘yicha sport ustasi Halimov R.S. “Jismoniy tarbiya va sport” faxriylari Yamaletdinov A.I, Murodov L.B., Mirzaev O.S., Raximov M.Sh., Axmedov M.B., Sportning turli turlari bo‘yicha Xalqaro va respublika toifasidag sport ustalari Karimov R.K, Lyovkin A.D., Kostoveskiy Ye.A., Radjabov A.B, Xaitov N, Krыlova L.A, Kamolov Z.K, Karimov U.R, Umarov M.A, Jo‘raev O.N, Saitova A.A, Marupova B.B., Xaitov O.I., Samadov A.A.

     Kafedrada ishlagan professor-o‘qituvchilarimiz xozirgi kunda Jahonda va mamlakatimizda sportni  rivojlantirish uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

    Kafedra xaqli ravishda faxrlanishi mumkinki, institut talabalari sportning ko‘plab turlari bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari, Jahon chempoinatlari, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Universiada musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib qator medallarni yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Sherzod Namozov, Shaxzod Mustafoev, Soxib Sulaymonov, Sabina Latipova, Akmal Choriev, Maxsum Bazarov, Asomiddin Hojiev, Kamoliddin Rashidov, Shuxrat Xo‘jaev, Farrux Muratov va boshqa ko‘plab sportchi talabalarimiz  bilan xaќli ravishda faxrlanamiz.

         1979 yilda  institutimizda sportning “Chim ustida xokkey” turi bo‘yicha “Texnolog” jamoasi shakllangan va bu jamoa nufuzli Xalqaro musobaqalar g‘olibi hisoblanadi. Jamoa a’zolaridan Naimbaeva Nasiba, Kuznesova Lola, Zakiryaeva Zulfiyalar Xalqaro toifasidagi sport ustasi darajasiga yetganlar.

          Shu yillar davomida 100 yaqin Xalqaro toifasidagi sport ustalari, 400 dan ziyod sport ustalari va sport ustaligiga nomzodlar, hamda 10700dan ortiq ta I-II-III razryadli sportchilar tayyorlangan.

         1999 yilda Toshkent shaxrida “Kurash” buyicha I jaxon chempionati o‘tkazildi. Ushbu musobakada na’munali xakamlik qilgan kafedraning katta o‘qituvchisi X.M.Xolikovga Respublika toifasidagi xakam unvoni berilgan.

         2000  yilda Turkiyaning Antaliya shaxrida “Kurash” buyicha II jaxon chempionati o‘tkazildi. Ushbu chempionatda xakamlik kilgan X.M.Xolikov musobakaning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan «oltin» medal bilan takdirlangan.

      2002 yilda ko‘p yillik xizmatlari uchun dotsent J.N.Xayitovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvoni berildi.

2018 yilda M.Sh.Raximov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

          2018 yilda O‘zbekiston talabalar sporti assosatsiyasi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti sport klubi tashkil etildi va sportning barcha turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Institutning barcha talabalari sport to‘garaklariga jalb etilgan.

       Hozirgi kunda kafedrada quyidagi o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi.  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, dotsent. J.N.Hayitov, katta o‘qituvchilar O.S.Mirzaev, M.Sh.Raximov, R.Z.Halimov, F.N.Turkmenov o‘qituvchilar,  X.A.Safoev, B.T.Hamroev, O.I.Xaitov, B.B.Ma’murov va kabinet mudiri A.N.Davlatovalar.

Kafedra hayotidan lavhalar