Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’dir!

  Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’dir!

     Buxoro muxandislik-texnologiya instituti Menejment kafedrasi o’qituvchilari D.M.Artikova, S.N.Yuldasheva, N.M.Zayavitdinova, J.Raxmatovlar kafedrada oldin faoliyat yuritgan faxriy ustoz, iqtisod fanlari doktoiri Xaitov Sayfulla Safarovich huzuriga kasalxonaga tashrif buyurdilar.
  «9 may – Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan faxriy ustoz S.S.Xaitov holidan xabar olindi, ularning hayot yo’llaridagi voqealar yodga olinib, ustozning  duolarini olishdi.
 Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kafedrada an’anaga aylangan.