Ilmiy tadqiqotga oid e`lonlar

E’lon!!!

Institut kafedralarida ilmiy-innovatsion va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar ustuvor yo’nalishlari bo’yicha pedagog-xodimlarning ilmiy salohiyatini va ijodkorligini rag’batlantirish, ularning ilmiy yutuqlarini ommaviylashtirish maqsadlarida tashkil etilgan “Ilmiy-innovatsion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovi bo’yicha hujjatlar qabuli boshlanganligini ma’lum qilamiz. Quyidagilarga e’tibor berishingizni so’raymiz:

  1. Ko’rik – tanlov – “Eng faol ilmiy-innovatsion kafedra”, “Eng faol yosh ilmiy tadqiqotchi” va “Eng faol tadqiqotchi-olim” nominatsiyalaribo’yicha o’tkaziladi;

  2. Ko’rik – tanlovning “Eng faol ilmiy-innovatsion kafedra”nominatsiyasi kafedra va institut reytingi bilan bevosita bog’liq bo’lganligi uchun unda ishtirok etish har bir kafedra uchun majburiy;

  3. Tanlovga hujjatlar Nizomga ilova qilingan baholash me’zonlari jadvallarini to’ldirib kafedra mudiri tomonidan tasdiqlab topshiriladi.

  4. Institut reytingi uchun topshirilgan hujjatlar takroran topshirilmaydi, faqat ularning ro’yxati keltiriladi. Institut reytingi uchun talab qilinmagan va tanlov me’zonlarida so’ralgan hujjatlarni tasdiqlovchi nusxalari ilova qilinadi;

  5. Ko’rik – tanlovning qolgan nominatsiyalarida ishtirok etish ixtiyoriy;

  6. Ko’rik – tanlovning “Eng faol ilmiy-innovatsion kafedra” nominatsiyasi jamoaviy,“Eng faol yosh ilmiy tadqiqotchi” va “Eng faol tadqiqotchi-olim” nominatsiyalari esa, individual da’vogarlar uchun moslashtirilgan.

Ko’rik – tanlovi komissiyasiga kafedralar va pedagog-xodimlarga tegishli hujjatlar mazkur oyning 25 martiga qadar “Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi”da qabul qilinadi va ushbu sanadan kechiktirib topshirilgan hujjatlar tanlov komissiyasi ishida ko’rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.

Tanlov Nizomi va baholash me’zonlari ilova qilinadi.

“Ilmiy-innovatsion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovi komissiyasi