Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari

Institutdagi barcha kafedralarning ilmiy – tadqiqot ishlari quyida keltirilgan 9 yo’nalishga umumlashtirilgan bo’lib pedagog-xodimlarning ilmiy ish rejalari asosida amalga oshiriladi:

Birinchi yo`nalish. Yuqori molekulali va kompleksli birikmalarning tuzilishi va fizik-kimyoviy usullar bilan tekshirish;

Ikkinchi yo`nalish. Materiallarning kuchlanishlar ta’sirida deformatsiyalanishi;

Uchinchi yo`nalish. Yengil sanoati texnologik mashinalarining asosiy ishchi organlari konstruktsiyalarini va texnologik jarayonlarini mukammallashtirish yo’llarini izlash;

To’rtinchi yo`nalish. Ishlab chiqarish korxonalarida mavjud mahalliy imkoniyatlardan foydalangan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari;

Beshinchi yo`nalish. O`rta Osiyo regioni sharoitida muhandis-muallimchilik fanlarini ӯqitishni takomillashtirish va aktiv usullarini tadbiq etish;

Oltinchi yo`nalish. Tutash muhitlar mexanikasining aktual masalalarini sonli modellashtirish;

Yettinchi yo`nalish. Demokratik jamiyat qurish va komil insonni shakllantirish;

Sakkizinchi yo`nalish. “Neft-gaz kimyo sanoati energiyada va resurs tejamkor texnologiyalar muamolari va ularning yechish choralari;

To`qqizinchi yo’nalish Sanoat korxonalari va taqsimlovchi tarmoqlarni energiya samaradorligi axborot tahliliy tizimlarini yaratish.