Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida asosiy shtatda 449 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning 25 nafari fan doktorlari va professorlar, 159 nafari fan nomzodi va dotsentlar (jumladan, 22 nafar falsafa doktorlari (PhD)) bo‘lib hisoblanishadi. Ilmiy salohiyat 41 % ni tashkil etgan.

Institut olimlari tomonidan jami 605,3 mln so‘mlik 5 ta davlat grantlari asosida (2 ta amaliy, 2 ta fundamental va 1 ta yosh olimlarning amaliy granti) loyihalari, 2 ta xalqaro grant asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu loyihalarda jami 13 nafar professor-o‘qituvchilar, 36 nafar doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, 7 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishgan. Bundan tashqari sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan mablag‘lar 617 mln. so‘mni tashkil etgan.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sohasida 13 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura instituti mavjud bo‘lib, unda 4 nafar doktorant (DSc) va 36 nafar tayanch doktorantlar (PhD) ilmiy ish bajarishgan.

Institutda 1 ta xalqaro, 5 ta respublika va 1 ta institut miqyosidagi ilmiy anjumanlar o‘tkazildi.

Institutdagi 10 ta innovatsion korporativ hamkorlikni amalga oshiruvchi guruhlarlarning a’zolari jami 445 ta bo‘lib, ularning 128 nafari professor-o‘qituvchilar, 20 nafari tadqiqotchilar, 72 nafari magistratura talabalari, 147 nafari iqtidorli talabalar, 78 nafari korxona vakillari bo‘lgan.