Ilmiy kengash

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2019 yil 30 dekabrdagi №350 sonli qaroriga asosan 2020 yildan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida PhD.03/30.12.2019.T.101.01. raqamli falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengashi faoliyatiga ruxsat berildi. 2020 yil davomida 4 nafar tadqiqotchilarning ushbu Ilmiy Kengashda dissertatsiya himoyalari tashkil etildi.

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2021 yil 27 fevraldagi №56 sonli xatiga binoan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida PhD.03/27.02.2021.FM.101.02. raqamli falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy Kengashi faoliyatiga ruxsat berildi. Ushbu xatga binoan endilikda 01.02.01-Nazariy mexanika hamda 01.02.04-Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiya himoyalari tashkil etilishi mumkin.