“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi

 

 

Kafedra mudiri:Zoirov Erkin Xalilovich

Falsafa fanlar nomzodi, dotsent

tel: (93) 689-76-31


 

2005 yilning avgustida institutda faoliyat ko’rsatib kelgan “O`zbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Siyosatshunoslik va huquq” kafedralari birlashtirilib, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ- 1533-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g`risida”gi qaroriga muvofiq Buxoro oziq-ovqvat va engil sanoat texnologiyasi instituti Buxoro yuqori texnologiyalar muhandik-texnika institutiga aylantirilganligi va institut tarkibiy tuzilishining o’zgarganligi munosabati bilan institut rektorining 2011 yil 28 avgustdagi 84-U buyrug`i bilan kafedra “Tarix va falsafa” deb nomlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’g`risida”gi  PQ- 1954 sonli qaroriga binoan institut tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan o’zgarishlar natijasida “Tarix va falsafa” kafedrasi «Tarix» kafedrasi deb nomlandi.

2017 yilning sentyabridan institut Ilmiy kengashining qaroriga asosan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi.

Kafedrada “O’zbekiston tarixi” “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanlari barcha bakalavriat yo’nalishlarida o’qitiladi.

Bugungi kunda kafedra 1 nafar fan doktori, 11 nafar fan nomzodi,  7 nafar katta o’qituvchi, 7 nafar assistent faoliyat ko’rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 46 %ni tashkil etadi.

Kafedrada “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy omillari”  mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy- tadqiqot uch  yo’nalishni qamrab oladi.

  • XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol.

  • Komil insonni shakllantirishning falsafiy va metodologik muammolari

  • Mustaqillik sharoitida jamiyatni demokratlashtirish masalalari

Kafedra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti, Buxoro Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti, Toshkent Islom universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari hamda malaka oshirish markazlari bilan aloqalar o’rnatilgan bo’lib, bugungi kunda tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Talabalarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil etish uchun kafedrada                   3 to’garak faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, “Yosh huquqshunos maslahatchi” (Rahbari M.M.Alimova a’zolari 12 nafar), “Iqtidor” (Rahbari dots. G.S.Yunusova va dots. E.X.Zoirov a’zolari 15 nafar),“O’lkamiz tarixini o’rganamiz” (Rahbari t.f.n.N.U.Nurmatova, a’zolari 25 nafar).

“IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI TARKIBI

Ismi – sharifi

Lavozimi, ilmiy unvoni

1.      

Zoirov Erkin Xalilovich

f.f.n., dost.

2.      

Navro’zova Gulchehra Negmatovna

prof.,f.f.d.

3.      

Karimov Bozarqul Xuddayberdievich

f.f.n., dost.

4.      

Mirzakulov Beshim Tangrievich

t.f.n., dost.

5.      

Muxamedjanova Lola Polvonovna

t.f.n., dost.

6.      

Nurmatova Nigora Umarovna

t.f.n., dost.

7.      

Safarov Tolib Tojievich

t.f.n., dost.

8.      

Bafoev Feruz Murtazoevich

s.f.n, dost.

9.      

Voxidova Munira To’lqinovna

f.f.n., dost.

10.                        

Shukrullaev Yunus Asrorovich

t.f.n., dost.

11.                        

Rahmatova Xolida Xoliqovna

f.f.n., katta  o’qit

12.                        

Berdieva Gulmira Aminovna

t.f.n., katta  o’qit

13.                        

Azimov Adiz Abdullaevich

katta  o’qit.

14.                        

Sultonova Latofat Saydullaevna

katta  o’qit.

15.                        

Raxmonova Mavluda Abdusamadovna

katta  o’qit.

16.                        

Isaeva Dilbar Abdukadirovna

katta  o’qit.

17.                        

Saloxov Akmal Qamariddinovich

katta  o’qit.

18.                        

Alimova Moxichexra Muzaffarovna

katta  o’qit.

19.                        

Murodov Sanjar Aslanovich

katta  o’qit.

20.                        

Qalandarova Farida Azamatovna

Assistent

21.                        

Temirov Sheroz To’raevich

Assistent

22.                        

Avliyoqulov Uchqun Mardonovich

Assistent

23.                        

Qodirova Muattar G`anijonovna

Assistent

24.                        

Musaeva Mahbuba Sharopovna

Assistent

25.                        

Shodiev Jahongir Jo’raqulovich

Assistent

26.                        

Gafurov Doniyor Orifovich

Assistent