IJARADA YASHOVCHI TALABALARGA E’TIBOR – KELAJAKKA POYDEVOR

Davlatimiz tamonidan murabbiylarga ko‘rsatilgan e’tibor tufayli, murabbiylar o‘z ustida yanada ko‘p ishlamoqda. Talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqish ularning dars mashg‘ulotlarining o‘zlashtirishlariga bevosita daxldor ekani ayon. Talabalarga o‘qish sharoitlari ko‘ngildagidek yaratilgani aniq. Ayni paytda ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini, kimning xonadonida kim bilan birga istiqomat qilishini bilish pedagog- murabbiylarning burchi va vazifasidir. Jumladan, talabalar turar joyi, ijara, qarindosh yoki yaqin insonlari xonadonlari.
“Yengil sanoat” fakulteti  300-19 YeST guruh murabbiyi Muxamedjanova Sarvara Fatxitdinovna “Yoshlik” MFY Q.Murtazoyev ko’chasida ijarada yashayotgan Temirov S.T., Davronov A.A., Salimova M.K., Muhammadova Ch.A. talabalarning yashash joyidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdi va talabalarning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi.
Talabalarga turmush tarzi bu inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkinligi to’g’risida, shuningdek talabalarga har qanday noxush vaziyatlarni oldini olish, qo’ni-qo’shnichilik munosabatlarida yuqori madaniyat va xushmuomilalikka rioya qilish, sanitariya-gigienik, gazdan foydalanish talablari, kompyuter vositalari, internetdan foydalanish qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.