“Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi

 

Фозилов Садриддин Файзулллаевич

Илмий даражаси: техника фанлари доктори

Илмий унвони: профессор

Тел. рақамлари: + 998(90) 718 40 66

E-mailsadriddinf @ mail. ru

 


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorining buyrug‘i asosida 2019 yil 10 iyulda “Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi tashkil etilgan.Kafedrani texnika fanlari doktori, professor Fozilov Sadriddin Fayzullaevich boshqaradi. Bugungi kunga qadar kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi 2 ta doktor-professor, 5 ta nomzod-dotsent, 1 ta katta o‘qi-tuvchi, 5 ta assistent, 5 ta stajyor o‘qituvchidan tashkil topgan.

O‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va talabalar “Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasida ilmiy-tadqiqot va laboratoriya ishlarini olib boradilar. Boshqa oliy ta’lim muassasasidan maqsadli doktorantura tashkil etilgan bo’lib, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya ishlarini olib boradilar.

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Neftgaztadqiqot AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro neft bazasi MChJ, Buxoro viloyati hududiy gazta’minoti filiali, Sho‘rtan gazkimyo majmuasi MJCh, “UZ-KOR GAS CHEMICAL” OOO  bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib  ilmiy faoliyat va ishlab chiqarishni integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kafedraga biriktirilgan fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar Neftgaztadqiqot AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bevosita olib borilmoqda. Soha korxonalari vakillari ta’lim jarayonida ishtirok etishmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bugungi kunda kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanib ko’rsatilgan mutaxassislik fanlaridan bilim va ko’nikmalar berib kelinmoqda.

 

5321400-“Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” bo’yicha o’qitiladigan fanlar tarkib:

 

  1. Neft va gaz kimyosi

  2. Gazni qayta ishlash texnologiyasi

  3. Neft-gazkimyo sanoatida qo’llaniladigan qo’ndirmalar

  4. Naft va gazni qayta ishlash zavodlari jihozlari va loyihalashtirish

  5. Yoqilg’I surkov materiallar ximatologiyasi

  6. Neft-gazkimyo sanoati korxonalarini loyihalashtirish asoslari

5А321401 – “Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar” magistratura mutaxassisligi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tarkib:

 

  1. Gaz kimyosi

  2. Gaz kimyoviy qayta ishlashda innovatsiyalarni joriy etish

  3. Kimyo sanoati maxsus jihozlarining konstruksiyasi, hisobi va loyihalash asoslari fani

Kafedraning oliy ta’lim muassasalar bilan hamkorlik aloqalari

Kafedrada ustoz-shogirt tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib,professor- o’qituvchilar yosh tadqiqotchilar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan monografiyalar o’quv qo’llanmalar,darsliklar chop etilgan va patent olingan.