Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi har yili nashr etiladigan O’zbekistondagi Erasmus ofisi jurnalida maqola chop etdi

Ibragimov U.M.,Xalilov F.V.,Xo’janazarov Z.R.,Xojiyev A.K.

        Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi har yili nashr etiladigan O’zbekistondagi Erasmus ofisi jurnalida maqola chop etdi. Ushbu jurnal Erasmus + dasturi doirasida maqolalar va loyihalar natijalarini chop etib boradi.
         Ushbu maqolada yaqinda o’z ishini boshlangan ELBA loyihasi va hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan birinchi qadamlar haqida ma’lumot berilgan. Loyihaning to’liq nomi “Markaziy Osiyoda katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish o’quv-tadqiqot markazlarini yaratish va kurslarini ishlab chiqish”. Loyihaning davomiyligi 2019 yil 15 noyabrdan 2021 yil 14 noyabrgacha, ya’ni 36 oyni tashkil etadi. Ishtirokchilar soni – 13 ta, shu jumladan O’zbekistonning 4 ta oliy o’quv yurtlari, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonning 2 ta universiteti va Evropa Ittifoqining 3 ta universiteti.