ELBA loyihasi doirasida Turin Potitexnika Universitetida tashkil etilgan trening muvaffaqiyatli yakunlangach, trening ishtirokchisi Ulug‘bek Ibragimov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot-kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi xodimlariga o‘z bilim va materiallarini o‘rtoqlashdi.

Ulug‘bek Ibrohimov yig‘ilganlarga quydagi mavzular va yangiliklar haqida so‘zlab berdi:
  • Elementar ehtimollar nazariyasi va bir o’zgaruvchan taqsimotlarning umumiy ko’rinishi;
  • Birgalikda taqsimlash, namuna taqsimoti. Taqsimotni baholash;
  • Ishonch oraliqlari. Gipotezani tekshirish. Statistik tahlil uchun dasturiy ta’minot;
  • Chiziqli algebraning umumiy qoidalari;
  • Algebraik topologiya asoslari;
  • Doimiy homologiya;
  • Topologik ma’lumotlarni tahlil qilish algoritmlari (TDA);
  • Chuqur o’rganish(Deep machine learning) va topologiya;
  • Tajriba loyihasiga kirish.

tinglovchilarga kerakli ma’lumotlarni taqdim etdi hamda u tinglovchilarning savollariga javob berdi.
Muallif: Ulugbek Ibragimov, “TJBAKT” kafedrasi dotsenti.