Doktorantura

TAYANCh DOKTORANTURA VA DOKTORANTURAGA KIRUVChILAR DIQQATIGA!!!

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

(15 sentabrdan 15 oktabrgacha)

  • ariza;

  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;

  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;

  • Pasport kseroks nusxasi;

  • Doktorlik dissertatsiyasi mavzusining asosnomasi;

  • Xorijiy tilni o‘zlashtirganlik guvohnomasi (agar mavjud bo‘lsa).

Ariza va hujjatlar http://phd.mininnovation.uz/ adresi bo‘yicha elektron registratsiyadan o‘tkazilishi kerak.

Hujjatlar quyidagi manzilga topshirilishi kerak: Buxoro sh., K.Murtazoev k.,15 uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, 1-bino, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA (PHD VA DSC) O‘QISHGA KIRMOQCHI BO‘LGANLAR DIQQATIGA!!!

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Qisqacha biografik ma’lumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).

  2. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

  3. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) to‘g‘ʼrisida diplom nusxasi.

  4. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertatsiya doirasida kamida 1 ta maqola OAK e’tirof etgan jurnallarda chop etilgan bo‘lishi va 2 ta tezis).

  5. Ish joyidan tavsifnoma

  6. Pasport nusxasi.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa)

Barcha xujjatlar .pdf shaklida tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari 15 sentabrdan 15 oktabrgacha, 15 yanvardan 15 fevralgacha, 15 apreldan 15 maygacha, 15 iyuldan 15 avgustgacha bo‘lgan davrlarda Buxoro shahri, Q.Murtazoev ko‘chasi, 15 uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, 1-bino, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.