Doktorant S.Fayziyevning “Quritish barabanining uzatish tizimini resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi kafedra ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

2021 yil 24 aprel kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat mashina va jihozlari” doktoranti S.Fayziyevning 05.06.02-“Toqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo’yicha “Quritish barabanining uzatish tizimini resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi kafedra ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “Yengil sanoat” fakulteti dekani X.K.Raxmonov, “Yengil sanoat mashina va jihozlari” hamda “Texnologik mashina va jihozlari” kafedralari pedagog-xodimlari va doktorantlar ishtirok etishdi.Seminar ko’tarinki ruhda, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarga boy tarzda o’tdi.