Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Charm buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasi professor-o`qituvchilari Buxoro ….

“Hayotda toʻgʻri yoʻlni tanlay olish uchun, toʻgʻri yoʻlni koʻrsata 
oladigan ustozni toʻgʻri tanlay olish kerak”

                  Bobir Rustamov

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMI, TURLARI VA SHAKLLARI

  Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni boʻlib, insonning hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
    Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish – jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kelajak avlodni tarbiyalashga yordam beradi.
   Tariximizga nazar solsak yurtimizda ta’lim jarayonining eng yuqori choʻqqisiga chiqqanganligi va dunyo tamaddunida ikki Renessansda muhim rol o`ynaganligini ko`rish mumkin.
   Mamlakatimizda ta’limga bo`lgan e’tibor mustaqillik yillarida yada jadallashdi. Masalan  29.08.1997 yildagi 464-I-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-sonli yangi tahridagi qonun bunga aniq misol bo`ladi oladi.
  Ayniqsa Davlatimiz rahbarining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida ham ta’lim sohasidagi keng ko’lamli islohotlarni zamonaviy bosqichga ko’tardi. Mazkur farmon bo`yicha maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o’rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  Dasturning amalda bajarilishi bo`yicha Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham viloyatimizning bir nechta umumta’lim maktablari bilan hamkorlik ishlari, ustoz-shogird ananalari ular o`rtasida mustahkam hamkorliklar yo`lga qo`yilgan.
   Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab direktori O`.Raupov so`zga chiqib. kelajakda ma’lum bir kasb egasi bo`lish uchun ko`proq bilim olishi va mamlakatimiz ravnaqi yo`lida xizmat qilishlari yosh avlodning asosiy vazifasi ekanligi takidlandi.

 

 

Ikkinchi masala yuzasidan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Charm buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasi tayanch doktaranti “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sovrindori Bobir Rustamov so`zga chiqib, Respublikamizdagi ta’lim tizimi, turlari va shakllari haqida to`liq tushuntirish berib o`tdi. Uchrashuvda qatnashgan maktab o`quvchilarining asosiy kontingenti yuqori sinf o`quvchilari bo`lganligi sababli Buxoro muhandislik-texnologiya instituti misolida oliy ta’limda kirish imtoxonlari, oliy ta’limdagi ta’lim jarayonlari, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, institutning xorijiy universitetlar bilan talaba almashish dasturlari haqida to`liq ma’lumotlar berildi.

Oliy ta’limdagi bugungi o`zgarishlar, imkoniyatlar, har bir mutaxassilik bo`yicha qanday fanlardan imtixonlar topshrirish kerakligi, instituti tarixi, tuzilmasi, fakultetlar, kafedralar va talabalrning bugungi yutuqlari haqida aytib o`tildi.
   Bundan tashqari, Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tugatgan bitiruvchi;arning bugungiki kundagi yutuqlari haqida ham ma’lumotlar berild. Shundan so`ng o`quvchi-yoshlar tomonidan qizg`in savol-javoblar bo`lib o`tdi.
   Kelajakda Romitan tumani XTBga qarashli 12-umumiy o`rta ta’lim maktabi bilan keng qamrovli hamkorlikni yo`lga qo`yish orqali, iqtidorli yoshlarni o`z vaqtid saralab olish, ularning qiziqishlarini mutaxassislar hamkorligida rivojlantirib aniq maqsad sari yo`naltish, faoliyatning samaradorligini oshirish jarayonini sifatli tashkil etish bo`yicha chora va tadbirlar rejasi ishlab chiqldi.
Charm buymlari texnologiyasi va dizayni kafedrasi tayanch
doktoranti Rustamov B.I.