Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga 2021-2022 o’quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga to’lov-kontrakt asosida ….

E ‘ L O N !

Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga 2021-2022 o’quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega  bo’lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish uchun suhbat jarayoni 2021 yil 16 oktyabr kuni, soat 9:00 da  1-o’quv laboratoriya binosi 208, 209-xonalarda o’tkaziladi.

   

Izoh: Talabgorlardan o’zining  yig’ma  jildini ko’rsatilgan barcha hujjatlari bilan to’liq rasmiylashtirib olib kelishlari so’raladi.

Talabgorlar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Ta’lim yo’nalishi, o’quv tili, shakli ko’rsatilgan holdagi ariza;

  2. Umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

  3. Pasport (pasport nusxasi 4 dona) va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi (Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko’rsatiladi).

  4. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 12 dona rangli fotosurat;

  5. Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma.

  6. Abiturientning ishlab turgan joyi bo’ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo’jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;

  7. Tavsiyanomaga ega bo’lgan abiturientning ishlab turgan joyi bo’y sunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xujalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o’qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to’lov shartnoma mablag’larini o’z vaqtida to’lab berish bo’yicha kafolat xati.