Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga 2021-2022 o’quv yilida ikkinchi oliy ta’lim olish maqsadida hujjat topshirgan fuqarolarni institut sirtqi ta’lim shakli ta’lim yo’nalishlariga to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish uchun kirish sinovlarini o’tkazish grafigi

Kirish sinovlarini o’tkazish kuni va vaqti:  
2021 yil 9 oktyabr, shanba kuni, soat 9:00
Manzil: Buxoro shahri Q.Murtazaev ko’chasi, 15-uy. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, 1-o’quv-laboratoriya binosi, 2-qavat  
Ta’lim yo’nalishlari
Kirish sinovlarini o’tkazish joyi
1.
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
208, 209-xonalar
2.
5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
215-xona
3.
5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
215-xona
4.
5310100-Energetika (tarmoqlar bo’yicha)
216-xona
5.
5310600-Transport vositalari muhandisligi (turlari bo’yicha)
216-xona
6.
5310700-Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)
216-xona
7.
5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)
216-xona
8.
5311900-Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo’yicha)
222-xona
9.
5312100-Energiya tejamkorligi va energoaudit
216-xona
10.
5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
216-xona
11.
5320400-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari  bo’yicha)
218-xona
12.
5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha)
218-xona
13.
5321200-Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xom ashyo va jarayon turlari bo’yicha)
218-xona
14.
5321400-Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
222-xona
15.
5321500-Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)
218-xona
16.
5321700-Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
215-xona
17.
5322800-Funktsional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
218-xona
18.
5340200-Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo’yicha)
214 xona
19.
5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish
214 xona
20.
5611400-Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi
218-xona
21
5640200-Mehnat muhofazasi va texnika xafvsizligi (tarmoqlar bo’yicha)
218-xona
Izoh: Talabgorlardan o’zining yig’ma jildini ko’rsatilgan barcha hujjatlari bilan to’liq rasmiylashtirib olib kelishlari so’raladi .    
 
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo’lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni
TAQDIM ETADILAR:
  1. Ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  2. Oliy ma’lumot to’g’risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o’rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o’tkazilgan bo’lishi lozim);
  3. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 12 dona fotosurat;
  4. Pasport (pasport nusxasi 4 dona) va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi (Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko’rsatiladi).
  5. Mehnat daftarchasi nusxasi.
 “TASDIQLAYMAN”
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori
________________ N.R. Barakayev
 
“_____” _____________ 2021 yil
“KELISHILDI”
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
____________________________
“_____” ____________ 2021 yil
2021-2022 o’quv yilida Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga ikkinchi mutaxassislikka o’qishga qabul qilish va imtihonlarni o’tkazish tartib-qoidalari
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi ta’limni O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 15-son bayoni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 21 avgust kuni 1844-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muasasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” hamda O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga  qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi bayonlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy o’quv yurtlari bakalavriatura yo’nalishlari bitiruvchilarini ikkinchi va undan keyingi mutaxassisliklarga o’qishga qabul qilish haqidagi arizalari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Talabgorlar tomonidan Nizomda ko’rsatilgan tartibda hujjatlar asl nusxasi institut qabul komissiyasiga topshiriladi.
Qabul jarayoni “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’g’risida”gi nizom va boshqa normativ-huquqiy jujjatlarga asosan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  1. Hujjatlarni qabul qilishda va ularning haqqoniyligini aniqlashda qabul komissiyasini mas’uliyatini oshirish hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bo’yicha kiruvchining birinchi ma’lumoti bilan taqqoslangan holda, o’quv rejalari va dasturlaridagi farqlar aniqlanadi (o’qish o’quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’iy nazar bakalavriat ta’lim yo’nalishining ikkinchi kursdan boshlanadi).
  2. Kiruvchining tegishli kursda o’qishi uchun o’quv rejalari va dasturlaridagi aniqlangan farqlarni topshirish tartibi va muddatlari belgilanadi.
  3. Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikka qabul barcha uchun to’lov-kontrakt bo’yicha belgilangan qabul qoidalari va tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abiturientlar qabul qilinadi.
  4. Abiturientlar ballar reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinadilar. Abiturientlar ikkinchi mutaxassislikka kirish sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o’qiydigan tilda topshiradilar.
  5. Abiturientlarga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 21 avgust kuni 1844-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’g’risidagi nizom, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom”lar to’g’risida batafsil ma’lumot beriladi.
  6. Abiturient ikkinchi mutaxassislikka kirishda tanlagan yo’nalishining kunduzgi shakldagi test sinovlari fanlari majmuasi doirasida test sinovlarini topshiradi va kasbiy suhbatdan o’tadi.
  7. Ikkinchi mutaxassislikka kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
  8. a) Tanlangan ta’lim yo’nalishiga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi bo’yicha egallagan bilim darajasi (Ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan fanlar majmualariga muvofiq (max. 126 20*3,2+20*3,1 = 126).
  9. b) Kasbiy ishtiyoqi va ikkinchi mutaxassislikka o’qishga kirish sabablari, umumiy intellektual darajasi (tanlanayotgan ta’lim yo’nalishining mohiyati va mazmuni, uning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha kasbiy faoliyat turlari va kasbiy faoliyat ob’ektlari to’g’risida ma’lumotga egaligi, 2-oliy ma’lumot olish uchun sabab, shuningdek, aynan mazkur oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo’nalishini tanlashga undagan sabablar. O’z fikrini aniq-ravshan, mantiqiy va ijodiy bayon qila olish hamda o’z fikrini asoslay olish qobiliyati) (max. 63 ball).
  10. Ikkinchi mutaxassislikka o’qishga kirishda maksimal to’planishi mumkin bo’lgan ball 189 ballni tashkil etadi.
  11. Ikkinchi mutaxassislikka to’lov-kontrakt asosida qabul qilish chegarasi maksimal balning 30 %, ya’ni 56,7 ball hisoblanadi.
  12. Kirish sinovlari jadvalini institut rektorining buyrug’i bilan rasmiylashtirilgan ishchi guruh shakllantiradi.
           Bux MTI
Sirtqi bo’lim boshlig’i:                                    A.X.Gafforov