Buxoro Muhandislik – texnologiya institutida bitiruvchi talabalar hamda “DELTA RUMINO” ma`suliyati cheklangan jamiyati vakillari o‘rtasida ishga joylashtirish bo`yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Prizedentimizning rahbarligida 2020 yil 25 dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan bo`lgan uchrashuvida shuningdek joriy yilning 27 yanvar kuni yoshlar bilan bandligini ta`minlash va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunla tashkil etishga oid chora-tadbirlarga bag`ishlangan yig`ilishlarda topshirig`larini ijrosini ta`minlash maqsadida institut talaba bitiruvchilari va korxona rahbarlari bilan 2021-yil 02-aprel kuni soat 10:00da Buxoro Muhandisliktexnologiya institutda uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektor SH.M.Xodjiyev, DELTA RUMINO MCHJ  rahbari A.S.Djuraev, ishlab chiqarish menejeri  Iqbal Shahid va huquqshunos J.Xojiev mutaxassislari, kafedra mudirlari, institut Yoshlar ittifoqi etakchisi B.Murodov, Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi hodimlari, va 2020-2021 o`quv yili bitiruvchilari

Engil sanoat texnologiyasi va jihozlari, K.T.Dizayner, K.T.Menejment, Texnologik jarayonlarni boshqarishning  axborot-kommunikasiya tizimlari, Kimyoviy texnologiya (tarmoqlar bo`yicha), Texnologiya va jihozlar (yengil sanoat jihozlarini ta`minlash va texnik xizmat ko`rsatish) yo`nalishlari bo`yicha 100dan ortiq bitiruvchi talabalar  qatnashdilar.

Uchrashuvni kirish soʻzi bilan institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektor SH.M.Xodjiyev ochib berdi, shu bilan birga korxona rahbari bilan tanishtirdi.  DELTA RUMINO MCHJ  rahbari A.S. Djuraev so`zga chiqib, 2020/2021 oʻquv yili bitiruvchilariga, korxonaning faoliyati, tarixi,  bugungi kundagi yutuqlari, ishlab-chiqaradigan mahsulotlari eksport salohiyati, istiqboli to`g`risida gapirib berdi. Korxona rahbari shuni takidlab o`tdiki xozirgi kunda korxonada 200 dan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bormoqda,  kelgusidagi institut bilan hamkorlikni davom ettirib, korxonani ish faoliyatini ko`paytirish maqsadida 600 ga yaqin ish o`rinlarini etkazishga mo`ljallayotganini takidlab o`tdi. Shu bilan birga iqtidorli, ishchan, bilimli bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo`yicha jadal ishlarni olib borishini aytib o`tdi.

 

Korxona bilan yaqindan tanishish maqsadida institut professor-o`qituvchilarni, talabalarni  ekskursiyaga taklif qildi.

Uchrashuv soʻngida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilish bilan birga o`z fikrlarini aytib  tegishli  javoblarni oldilar.
 “DELTA RUMINO MCHJ korxona rahbari A.S.Djuraev  bitiruvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi va  ishga qabul qilish yoʻl yoʻriqlarini tushuntirdi va dastlabki ishga joylashtirish bo`yicha 3 tomonlama shartnomalar borasida bitiruvchilar bilan suhbat o`tkazildi. Suhbat mobaynida alohida takidlab o`tdiki, birinchidan korxonada ishlash uchun avvalambor xoxishi, maqsadi va bilimli, iqtidorligi bo`lishi takidlab o`tdi.

Ta`lim va ishlab-chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirishda bitiruvchi kurslarni amaliyotini tashkil etish va kelgusida ish bilan ta`minlash borasida  korxona bilan  hamkorligida ish olib borish,  ingliz tilini bilishini takidlab o`tdi.