Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, “Yengil sanoat” fakulteti, “Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasida tashkil etilgan “Yosh mexanik” nomli to`garagiga marhamat!

 

“Yosh mexanik” to`garagi 2020 yil sentabr oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Bu to`garakka texnologik mashina jihozlariga qiziqishi bo`lgan talabalar a`zo bo`lgan. “Yosh mexanik” to`garagi kafedra o`qituvchisi Z.S. Vafoyeva tomonidan tashkil qilinib kelinmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Haftaning har juma kuni soat 15.00 dan16.00  gacha Buxoro ta`mirlash Mexanika zavodida tashkil etiladi. Talabalar uchun zavodda alohida xona ajratib berilgan.

Mashinasozlik xalq xo`jaligining eng asosiy tarmoqlaridan hisoblanib, sanoatni barcha boshqa tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, energetika, transport va xokazolarni rivojlanish darajasi va suratini belgilab beradi.

 

Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o’zgarishlar amalga oshirilishi, rеspublika iqtisodiyoti asosan xom-ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kеngayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi  oldiga yangi vazifalarni qo’ydi. Jumladan, mashinasozlik ishlab chiqarishni tezkor rivojlanishini mashinalar tayyorlash bilan bog`liq masalalarni ilmiy xal etishni taqozo etdi, bu esa mashinasozlik texnologiyasi to`g`risidagi fan  bilan birga to`garak paydo bo`lishiga olib keldi.

Zavodda detallarni parmalash, zinkerlash jarayonlarini kuzatib, har bir stanok haqida ma`lumotlarga ega bo`layapdilar. Bu yerda asosiy harakat-aylanma, surish harakati-ilgarilanma.         Parmalash dastgohlaridan ushbu ikkala xarakatni parma oladi, tayyorlama qo’zg’almas qilib maxkamlanadi. Tokarlik dastgohlarida parmalashda patronga maxkamlangan tayyorlama aylanma xarakatda bo’ladi,  orqa babka pinoliga maxkamlangan parma ilgarilanma  xarakatlanib suriladi.

To`garak shuni ko’rsatadiki, o`rganish jarayonida talabalar katta  ko`nikmalarga ega bo`ladilar va qiziqtirgan savollariga javob ola biladilar.

 

 

Muallif: Z.S. Vafayeva