Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan “BIR ZIYOLI BITTA MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY” tamoyili asosida Buxoro shahar Bog‘idasht mahalla fuqarolar yig‘inida yordamga muhtoj, bemor qariyalar holidan xabar olindi

Yurtimizda aholi manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, yolg‘iz qariyalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular holidan xabar olish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan.Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan “BIR ZIYOLI BITTA MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY” tamoyili asosida Buxoro shahar Bog‘idasht mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar mahalla raisi Bakaev Raxmat aka bilan suhbat chog‘ida mahallaga qarashli hududda yordamga muhtoj, bemor qariyalar to‘g‘risida ma’lumot olindi.
Mamlakatimiz yuritayotgan ijtimoiy siyosati doirasida yolg‘iz pensionerlar   holidan xabar olish, beva-bechora va boquvchisidan ajralganlarga mehr-shafqat ko‘rsatishga alohida e’tibor berilmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida alohida ta’kidlanganidek: “Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi”.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  2021 yil 5 may kuni mahalladagi front orti mehnatkashi, yolg‘iz pensioner Jumaeva Minihayot Xayrullaevnaning holidan xabar olish maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va mahalla raisi Bakaev Raxmat aka uning uyiga tashrif buyurishdi. Professor-o‘qituvchilar suhbat davomida qariyaning yashash sharoiti bilan tanishdilar va bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari, sovg‘a-salomlar ulashdilar.
Muxtasar aytganda, mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida yolg‘iz keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalasi inson huquq va  erkinliklarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda. Zero, inson sha’ni, qadr-qimmati e’zozlangan yurtda farovonlik, xotirjamlik, eng asosiysi, tinchlik barqaror bo‘ladi.
“Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rasulova N.N. tomonidan tayyorlandi.