Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti…

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti 2-bosqich talabalari malakaviy amaliyotda.

Malakaviy amaliyot talabalarda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va chuqurlashtirish, kasbiy mahoratni oshirish uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Ta’limni ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda olib borish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakulteti “TJBAKT” kafedrasi  dotsenti O.K.Saliyeva va assistent N.R.Sharipovalar rahbarligida 701-20 TJB guruhi talabalari malakaviy amaliyotni o’tash uchun «GALA-RIVER» O’zbekiston-Qozog’iston qo’shma korxonasiga tashrif buyurishdi.

«Gala-River» qo’shma korxonasida asosan 3ta texnologik jarayon olib boriladi:
  • Uzumni qabul qilish;
  • Sulfasuslo tayyorlash;
  • Vino tayyorlash.
 Tayyor boʼlgan mahsulotlar shartnoma asosida SNG davlatlariga eksport qilinadi.
Talabalar korxona to`g’risida uning qisqacha tarixi, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish bo`limlari, korxona xom ashyosi va tayyor mahsulotlari, nazorat o`lchav asboblari va avtomatlashtirish laboratoriyasi bilan tanishdilar.

Amaliyot davrida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan toliq javob olishdi.