Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti 1-bosqich talabalari tanishuv amaliyotida.

Tanishuv amaliyoti talabalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashning muhim bosqichi hisoblanib, uning maqsadi institutda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga bevosita tayyorlash va mahoratini oshirishdan iboratdir. Bunga ta’limni ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda olib borishga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish, ta’lim berish va siyosiy-ijtimoiy topshiriqlarni mustaqil yechish yo‘li bilan erishiladi.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakulteti “TJBAKT” kafedrasi katta o’qituvchisi  Sh.X.Rasulov va N.R.Sharipovalar rahbarligida 700-21 TJB guruhi talabalari «Ark Eko Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyatga tashrif buyurishdi.
 
Talabalar korxonaning faoliyati, ish jarayonlarini o’rganib, turli xil sonli paxtadan kalava iplar, shuningdek qo’pol kaliko, matolar va kulrang doka ishlab chiqarish bilan shug’ullanishi, ishlab chiqarishning asosiy qismi paxta tolasi bo’lib, u barcha hajmlarning 70-80 foizini tashkil qilishi, Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish hajmini muttasil oshirib, yuqori sifatli, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon berayotganligi, qisqa vaqt ichida kompaniya nafaqat mahalliy o’zbek bozorini, balki Rossiya, Polsha, Ukraina, Qozog’iston va Ozarbayjon bilan ham sheriklik aloqalarini o’rnatishga muvaffaq bo’lganligi, Ark Eko Tekstil MChJ quyida keltirilgan rejalari:
  • sheriklik bazasini ko’paytirish, jahon to’qimachilik bozoriga chiqish;
  • mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun jahon ishlab chiqaruvchilardan yangi kompyuterlashtirilgan liniyalar va uskunalar sotib olish;
  • zamonaviy to’quv dastgohlarini sotib olish va to’quv ishlab chiqarishni kengaytirish;
  • MDH mamlakatlarida dilerlik tarmog’ini yaratish;
  • to’qimachilik bo’yicha respublika va xalqaro ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Talabalar korxonaning ishlab chiqarish bo`limlari, ularda amalga oshirila­digan texnologik jarayonlar, korxonaning boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil etish tizimlari bo`yicha tegishli tushunchalarga va zamonaviy dasturiy texnik vositalar, hamda AKT yordamida boshqarish tizimlarini asbobsozlik sanoati va boshqaruvchi kontrollerlarga qarab rivojlantirish tendentsiyalari to’g’risida tasavvurga ega bo`lishdi.