Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalarining korxonadagi tajriba mashg’uloti

Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rinda korxona va tashkilotlarning  amaliy  faoliyatini  o‘rganish  talabalarni  nazariy  bilimlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi.Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Ko‘zi ojizlar jamiyati” bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida Yengil sanoat fakulteti “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari ” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 3 kurs talabalari  “Ko‘zi ojizlar jamiyati”da tajriba mashg‘ulotlari yo’lga qo‘yilgan. Bunday tajriba mashg‘ulotning o‘tkazilishi talabalar uchun mustaqil ravishda ham nazariy, ham amaliy bilimlarni bog‘lay olishga va tahlil qilishga yordam beradi.

Tajriba mashg‘ulot davrida talabalar korxonaning nafaqat amaliy faoliyatida, balki uning jamoat ishlarida ham faol qatnashishi talab etiladi. Xulosa qilib, bo‘lajak mutaxassislarning bevosita soha yo’nalishida talabalik davridanoq haqiqiy mustaqil faoliyatga tayyorlashni yanada rivojlantirish, ularning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab faoliyat olib borish jarayonini takomillashtirishdan iboratdir.

“Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi  stajyor-o’qituvchisi:                                                    Muxtarova Z.N